“OTM ilmiy faoliyati” interaktiv xizmati reglamenti



1.

Interaktiv xizmatni ko‘rsatuvchi muassasa nomi

"Ipak yo`li" Turizm Xalqaro universiteti

2.

Interaktiv xizmat nomi

Universitet ilmiy faoliyati

3.

Interaktiv xizmat natijalari tavsifi

By interaktiv xizmat orqali foydalanuvchilarga Universitet da tashkil etiladigan ilmiy seminarlar hamda seminar kun tartibiga qo‘yilgan masalalar, o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar va davra suhbatlari haqida ma’lumotlar yetkaziladi. Shuningdek, foydalanuvchilarga doktorlik dissertatsiyalarini shakllantirishga oid talablar, Universitetdagi mavjud ilmiy kengashlar to‘g‘risida ma’lumotlar,

Universitet ilmiy kengashlarda himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari avtoreferatlari kabi ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beradi

4.

Interaktiv xizmatdan foydalanuvchilar

Jismoniy va yuridik shaxslar

5.

Interaktiv xizmat foydalanuvchisining qog‘oz ko‘rinishdagi murojaati

Talab qilinmaydi

6.

Interaktiv xizmatni ko‘rsatish narxlari (hujjatni tayyorlash va taqdim etish), agarda hujjat pulli tarzda taqdim etilsa

Bepul

7.

Interaktiv xizmatni ko‘rsatish muddati

Internet tezligi 1024 Kb/s bo‘lganda, har bir yunalish haqida kerakli ma’lumotni olish uchun taxminan 30 soniya vaqt sarflanadi.

8.

Interaktiv xizmatni taqdim etishda rad etish uchun asos, amaldagi qonunchilikka havola qilingan holda (mukammal ro‘yxat)

Davlat xizmatini taqdim etishni rad etishda interaktiv xizmat ko‘rsatish dasturi o‘rnatilgan serverda profilaktik ishlar o‘tkazilayotganligi asos bo‘lishi mumkin.

9.

Interaktiv xizmatni taqdim etuvchi muassasa joylashgan manzili

Samarqand shahri Universitet hiyoboni 17-uy.

10.

Interaktiv xizmatni ko‘rsatuvchi muassasa ish tartibi, davlat xizmatini ko‘rsatuvchi muassasaga murojaat qilish tartibi

Davlat xizmatidan Internet tarmog‘i orqali kechayu kunduz foydalanish mumkin.

11.

Interaktiv xizmatni ko‘rsatishda, talab oshib ketsa va navbatsiz taqdim etish imkoniyatidan tashqari hollarda davlat xizmatini ko‘rsatishning ketma - ketligi

Interaktiv xizmat ko‘rsatilayotganda, uni amalga oshiruvchi serverda har bir so‘rov uchun alohida sessiya yaratiladi. So‘rov bo‘yicha ma’lumotlar veb saxifaga chiqarilgach, joriy sessiya yakunlanadi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida server imkoniyati darajasida bir nechta sessiya xam ochilishi mumkin. Natijada interaktiv xizmatni ko‘rsatish vaqti bo‘yicha reglamentdan oshmagan muddatda foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatiladi.

12.

Interaktiv xizmatni olish uchun murojaat qilish va uni olish jarayonida davlat xizmati foydalanuvchisini axborot bilan ta’minlash

 

 

Interaktiv xizmatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqiladi va Universitet veb saytiga joylashtiriladi.

13.

Interaktiv xizmat ko‘rsatilishini bevosita ta’minlovchi mansabdor shaxs

Universitet  o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori

14.

Qariyalar va nogironlarga interaktiv xizmatni ko‘rsatish tartibi

Alohida tartib ko‘zda tutilmagan

15.

Interaktiv xizmat ko‘rsatish reglamentiga amal qilinmaganligi to‘g‘risidagi shikoyatlarni kiritish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish tartibi

Interaktiv xizmat bo‘yicha shikoyatlar Universitet ning "Elektron qabulxona" interaktiv xizmati orqali kiritiladi. Shu bilan birga OTM rahbariga yozma murojaat qilinishi ham mumkin.

16.

Yuqorida turuvchi mansabdor shaxs tomonidan interaktiv xizmatni ko‘rsatilishini nazorat qilish tartibi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga berilgan ushbu interaktiv xizmat bo‘yicha murojaatlar va olingan natijalar statistikasi xaqida ma’lumot beruvchi veb-servis yaratib beriladi. Veb-servis orqali interaktiv xizmatni nazorat qiluvchi mansabdor shaxs tomonidan statistik ma’lumotlarni olishga ruxsat beriladi. Ushbu ma’lumotlar asosida Vazirlik hay’at yig‘ilishi muhokamasiga qo‘yilishi mumkin.

17.

Interaktiv xizmatni ko‘rsatish mexanizmi

Interaktiv xizmat Universitetda o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor va ilmiy bo‘lim xodimlari tomonidan tashkillashtiriladi. Mas’ul xodimlar tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

1. Universitetda tashkil etilgan ilmiy seminarlar va ularning kun tartibidagi masalalar;

2.  Universitetda o‘tkaziladigan ilmiy aijumanlar va ular to‘g‘risidagi ommabop ma’lumotlar:

3.  Universitetda o‘tkaziladigan davra suhbatlari rejasi, videokonferensiyalar va simioziumlar to‘g‘risida ma’lumotlar;

4.   Doktorlik dissertatsiyasini shakllantirishga oid talablar;

5.  Universitetdagi mavjud ilmiy kengashlar va ular to‘g‘risida ma’lumotlar;

6.  Universitet ilmiy kengashlarida himoya kilingan nomzodlik va doktorlik ishlari avtoreferatlari;

   Joriy ma’lumotlar o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorek tor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, bir ish kuni mobaynida interaktiv xizmat ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.

Interaktiv xizmat ma’lumotlar bazasi texnik ta’minotini yuritish Universitet ATM tomonidan amalga oshiriladi

18.

Interaktiv xizmatdan foydalanish mexanizmi

Bu interaktiv xizmat orqali Universitet ilmiy faoliyatiga oid ma’lumotlardan foydalanish imkoni beriladi. Interaktiv xizmat ommabop ma’lumotlarni olish usulida tashkil etiladi.